Illustration BQHR ni taqdim etish

2-QADAM : Barqaror Quvvatlar Harakatlari Rejasini taqdim etish

O’z tajribalaringizni baham ko’ring va o’zingizning mahalliy harakatlaringizni ilgari suring

Hokimlar Kelishuvini imzolovchi sifatida Siz Kelishuv maqsadlari va ularga erishish tadbirlari asoslab beriladigan Barqaror Quvvatlar Harakatlari Rejasini Kelishuvga qo’shilganingizdan keyingi bir yil ichida taqdim etishingiz kerak.

Sizning BQHR shahar kengashi tomonidan tasdiqlanishi va Mening Kelishuvim (parol bilan cheklangan soha) orqali ingliz va rus tillarida mavjud bo’lgan onlayn taqdim etish tizimidan foydalanib o’zingizning milliy tilingizda yuklanishi kerak. Shu bilan bir vaqtda Sizdan BQHR shablonini ingliz yoki rus tilida to’ldirish ham talab qilinadi.

Bu shablon o’zingiz to’ldirishingiz mumkin bo’lgan internet asosidagi vosita sifatida ishlaydi. U Boshlang’ich Chiqindilarni Inventarlashingizning (BCI) natijalarini hamda o’zingizning BQHRingizning asosiy elementlarini qisqacha bayon qilishingizga imkon beradi.

Taqdim etilgandan keyin ma’lumotlaringizning izchilligi Qo’shma Tadqiqotlar Markazi (QTM) tomonidan tekshiriladi. Sizning BQHR shabloningiz tasdiqlanishi bilan taqdim etilgan ma’lumotlarning asosiy mazmuni Hokimlar Kelishuvi veb-saytida o’zingizning imzolovchi profilingiz ostida taqdim etiladi. Shundan keyin o’z harakatlaringiz va yutuqlaringizni boshqa imzolovchilarniki bilan solishtirishingiz mumkin bo’ladi.

Savollar bormi?

  1. BQHRni qachon taqdim etish kerak?
  2. BQHRni qanday taqdim etish kerak?
Twitter
Uyali aloka
orqali boglanmoq
Facebook
Rasmiy Sahifalardan
doimiy ravishda foydalanmoq
Habarnoma
Haroylik habarnomaga
obuna bolmoq
RSS-tasma
Habarlarni oz
vaqtida olmoq
Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO  ning siyosiy ko’magi bilan Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO ning siyosiy ko’magi bilan. Veb-sahifa Hokimlar Kelishuvining ofislari tomonidan boshqariladi..
Yangiliklar | Kun tartibidagi masalalar | Sayt xaritasi | RSS yordami | Kreditlar | Huquqiy